Yevropa Ittifoqi to‘qnashuv holatida harbiy yoqilg‘i zaxiralaridan foydalanishni ko‘rib chiqmoqda
Yevropa Komissiyasining mudofaa va kosmos masalalari bo‘yicha komissari Andryus Kubilius YI a’zo davlatlaridan biriga hujum qilinishi holatida neftni qayta ishlash zavodlarini ishlatish va tanqislikning oldini olish uchun harbiy yoqilg‘i zaxiralaridan foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Zaxiralarning hajmi oshkor etilmagan; masala NATO bilan muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Otabek Yusupov