Zelenskiy Ukrainaning aloqa va sun’iy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq muammolari haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Niderlandiya bosh vaziri Rob Yetten bilan bo‘lgan matbuot anjumanida aloqa va sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanishdagi qiyinchiliklar haqida gapirib, Yevropa davlatlari bilan muqobil yechimlar ustida ishlash rejasini ma’lum qildi. Shuningdek, u Patriot tizimlari uchun raketa yetkazib berish masalasini ko‘tardi va Londonning 10 milliard funt sterling miqdoridagi qo‘shimcha yordamini e’lon qildi.
Aziz Karimov
