Iroq sudi korrupsiya ishi bo‘yicha ikki nufuzli siyosatchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosini berdi
Markaziy jinoyat sudining korrupsiyaga qarshi bo‘limi «Azm» ittifoqi raisi Musanna al-Samarraiga nisbatan olti yil ozodlikdan mahrum qilish va 30 milliard dinari jarima, deputat Ziyod al-Janabiga nisbatan esa besh yil va 4 milliard dinari jarima jazosini tayinladi. Ikkalasi ham iyun oyida bosh vazir Ali al-Zaydiy hukumati o‘tkazgan «Tong» operatsiyasi doirasida hibsga olingan edi.
Otabek Yusupov