Angliyaning «Fulham» klubi Yangi Toshkentda futbol akademiyasi ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Angliyaning «Fulham» klubi rahbariyati Yangi Toshkentda britaniya tajribasi va standartlariga asoslanib futbol akademiyasi tashkil etish imkoniyatini o‘rganishga tayyorligini bildirdi. Masala klub vakillari bilan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va elchixona diplomatlari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi. Taraflar hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Otabek Yusupov