Toshkentdagi aerogeodeziya markazi binosi auksionda 213 mlrd so‘mga sotildi
26-oktyabr kuni E-auksion maydonchasida Toshkentning Yunusobod tumanidagi Respublika aerogeodeziya markazi binosiga oid savdolar yakunlandi. G‘olib bo‘lib 213,09 mlrd so‘m taklif qilgan Utkir Shop kompaniyasi chiqdi — bu boshlang‘ich narxdan 35 foizga yuqori. Markaz binodan yana bir yil foydalanishda davom etadi.
Otabek Yusupov