Poundland bankrotlik chegarasida: tarmoq administratorlar tayinlash to‘g‘risida bildirishnoma topshirdi
Amerikalik Gordon Brothersga tegishli britaniyalik Poundland arzon savdo tarmog‘i administratorlar tayinlash niyati to‘g‘risida bildirishnoma topshirdi. Agar sud jarayonni tasdiqlasa, kompaniya qutqaruv bitimini topish uchun 10 kunlik tanaffus oladi. Boshqaruvchi direktor Barri Uilyams egani moliyalashga kirishni cheklashda aybladi, uch mustaqil direktor esa irlandiyalik Martin Property Group taklifini qabul qilishdan bosh tortilgani uchun iste’foga chiqdi.
Otabek Yusupov