Bolgariya qirg‘oqlari yaqida ikki kema dronlar hujumiga uchradi: barchasi cho‘kdi, 11 kishi bedarak yo‘qoldi
2026-yil 13-oktabr, seshanba kuni Qora dengizda Bolgariya qirg‘oqlari yaqida ikki savdo kemasi dronlar hujumiga uchradi. Gvineya-Bisau bayrog‘i ostidagi HS Dignity kemasi Krapetsdan 17 dengiz milya masofada cho‘kdi; dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi qutqarildi, 11 kishi bedarak yo‘q deb hisoblanadi. Chelsea 3 kemasining 15 nafar ekipaj a’zosi (yetti ukrainalik va sakkiz ozarbayjonlik) evakuatsiya qilindi. Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev Rossiya elchisini chaqirib, isbotlar yo‘qligini, ammo «mantiq natijaning Rossiya Federatsiyasi foydasiga ishlashini ko‘rsatayotganini» aytdi.

















