Volvo Nvidia bilan avtomatlashtirilgan haydash tizimlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda
Volvo va Nvidia deyarli o‘n yillik hamkorlikni kengaytirish haqida e’lon qilishdi: Volvo kelajakdagi avtomobillarida Nvidia’ning Hyperion apparat-dasturiy arxitekturasi, Alpamayo steki va Halos xavfsizlikni baholash qatlamidan foyalanadi. Tizim shahar ko‘chalari va magistrallarda haydovchisiz haydash uchun mo‘ljallangan. Bitim qiymati va birinchi model oshkor etilmagan.

















