Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi
17-oktabr O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan futbol akademiyalarini birgalikda rivojlantirish, «Har bir mahallada futbol maydonchasi» dasturi, yirik turnirlarni tashkil etish va sportchilar hamda murabbiylarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

















