Saudiya Arabistoni Xolid shoh nomidagi aeroportning yopilishini uzaytirdi va husiylarga «jiddiy javob» berishga vaʼda berdi
Kun.uz maʼlumotlariga ko‘ra, kamida 18 kishi halok bo‘lgan hujumlardan so‘ng Saudiya Arabistoni Xolid shoh nomidagi xalqaro aeroport ishini to‘xtatib turishni uzaytirdi. Hokimiyat, shuningdek, aeroportga xizmat ko‘rsatuvchi Riyd metropolitenining uch bekati bo‘ylab poyezdlar qatnovini to‘xtatdi. Mamlakat energetika vaziri aeroportlar va neft-gaz obyektlariga qilingan zarbalarga «jiddiy» javob berishga va‘da berdi.
















