Aziza Qurbonova va Xushnud Xudoyberdiyev Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiya departamentining o‘rinbosarlari etib tayinlandi
15-oktabr prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Prezident Administratsiyasidagi bir qator kadrlar tayinlovlari haqida e’lon qildi. Aziza Qurbonova Kommunikatsiya departamentining birinchi o‘rinbosari, Xushnud Xudoyberdiyev esa o‘rinbosari bo‘ldi. Ular ilgari OAV uchun kontent tayyorlash markazi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligida (UzA) faoliyat yuritgan. Akramjon Fozilov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi, Farruh Omonov esa departament o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Aziz Karimov

















