AQSh davlat kotibi Marko Rubiyo Samarqandga keldi — bu uning Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi
18-oktabr AQSh davlat kotibi Marko Rubiyo Samarqandga rasmiy tashrif bilan keldi. Uni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 19-oktabrga Markaziy Osiyoning beshta davlati va AQSh tashqi ishlar vazirlarining «C5+1» formatidagi uchrashuvi hamda Amerika–o‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi yig‘ilishi rejalashtirilgan.
Aziz Karimov

















