Asosiy ma’lumotlar
- Voqea 2013-yil 9-iyun kuni soat 22:30 atrofida, Kamolov yöldan adaşib Qozoğiston çegarasiga yetib borgan paytda sodir bölgan
- Uning xotinining aytişiça, avtomobilga 28 öq tegib, erkakning öziga uçta öq tekkan
- Umurtqadagi öq qolgan: Özbekiston, Sankt-Peterburg va Moskva şifokorlari uni çiqarib bölmaydigan degan xulosaga kelgan
Hayotni özgartirgan tun
Fatxulla Kamolov 2013-yil 9-iyun kuni uning hayotini butunlay özgartirib yuborgan voqea qissasini aytib berdi. Uning aytişiça, öşa kuni keçqurun soat 22:30 atrofida u yuk taşişga möljallangan «Zil» yuk maşinasini ta’mirlaş uçun ustani uyiga olib borgan va özining «Jiguli»si bilan qaytayotgan edi. U Nazarbek tomondagi taniş bölmagan köçalarda yöldan adaşib, özi sezmasdan Qozoğiston çegarasiga yaqinlaşib qolgan.
«Heç kim meni ogohlantirmadi»
«Atrofda uylar bor edi, mahalla içidagi köça edi. U yerda çegara borligini bilmaganman. Heç kim meni ogohlantirmadi, ogohlantiriş belgisini körmadim, ogohlantiruvçi öq ham otilmadi. Birdan öq ovozlari yangradi. Nima bölganini tuşunmaganman. Oğriq sezmadim, xuddi tanaga biror issiq narsa kirgandek böldi. Keyin ongimni yöqotdim», — deb eslaydi Kamolov. Uning ta’kidlaşiça, çegara qöriqlagan harbiylar otgan. Xotinining sözlariga qaraganda, avtomobilga 28 öq tegib, erkakning öziga uçta öq tekkan: biri oyoğiga, ikkinçisi qovurğani teşib öpkasiga kirgan, uçinçisi umurtqada qolib ketgan.
«U bilan xayrlaşing, ölib qoladi»
Oğir yaralangan erkak kasalxonaga olib kelingan. Uning xotini operatsiyalar va kasalxonada ötkazilgan kunlarni hozirgaça titrok bilan eslaydi. «Ertasi kuni qaynonam qönğiroq qilib, bolalarni kiyintirib kasalxonaga borişimni aytdi. Kelganimizda şifokorlar: «Qutqarolmasligimiz mumkin, u bilan xayrlaşing», dedilar. Reanimatsiyaga özim kirdim, bolalarni kiritmadilar. Öşa paytda nima sodir bölganini töğri tuşunib yetmagan edim», — deydi u.
Tanada qolgan öq bilan hayot
Xotinining aytişiça, operatsiyalar çoğida oyoğidan va öpkaning bir qismidan öqlar çiqarilgan, biroq umurtqadagi öq qolgan — şifokorlar uni olib taşlab bölmaydi, degan. Oila Sankt-Peterburg va Moskvadagi şifokorlarga murojaat qilgan, biroq hamma joyda xuddi şu xulosaga kelgan. Kamolov omon qoldi, ammo jarohatlar tufayli birinçi guruh nogiron bölib qoldi va aravaçada harakatlanadi. U voqeadan söng harbiy prokuratura xodimlari uning yoniga kelganini va u ularga yölda adaşib qolganini, çegara yaqinligidan bilmaganini tuşuntirganini aytib ötdi.


