Asosiy ma’lumotlar
- YUNESCO Ijroiya kengaşi 2027-yilda Xivada xalqaro simpozium ötkazişni ma’qulladi
- Mavzu — globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni saqlaş
- Taşabbusni prezident Şavkat Mirziyoyev 2025-yil 30-oktabrda Samarqanddagi Boş konferensiyaning 43-sessiyasida ilgari surgan
Ijroiya kengaşi qarori
YUNESCO Ijroiya kengaşi Parijda bölib ötgan 225-sessiyada 2027-yilda Xivada «Globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni saqlaş» mavzusidagi xalqaro simpoziumni ötkazişni qöllab-quvvatladi. Xivada simpozium ötkaziş toğrisidagi band kengaşning «Globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni saqlaş böyiça çoralarning samaradorligini oşiriş haqida»gi qaroriga kiritilgan. «Dunyo» agentligi ma’lumotlariga köra, qaror loyihasini YUNESCOga a’zo 54 davlat hammualliflikda tayyorlagan, hujjat moddiy va nomoddiy merosni iqlim özgarişi oqibatlari, tabiiy ofatlar, tez şaharlaşuv va ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlardan himoya qilişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Iştirokçilar nimalarni muhokama qiladi
Tadbirda turli mamlakatlarning yetakçi mutaxassislari, xalqaro taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ekspert hamjamiyatlari vakillari birlaşişi kutilmoqda. Iştirokçilar madaniy meros obyektlariga tahdidlarning oldini oliş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, an’anaviy bilimlarni saqlaş va mutaxassislar kasbiy könikmalarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qiladilar. Simpozium yakunlariga köra madaniy merosni muhofaza qiliş va boşqariş usullarini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Taşabbusning kelib çiqişi
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu mavzuda rezolyutsiya işlab çiqiş ğoyasini 2025-yil 30-oktabrda Samarqandda YUNESCO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçiliş marosimida ilgari surgan edi. Öşa paytda u Özbekistonning Xivada simpozium ötkazişga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Kengaş şuningdek, YUNESCO boş direktoriga tajriba almaşinuvga kömaklaşişni davom ettiriş va davlatlarga madaniy meros uçun iqlim tahdidlarini aniqlaş va oldini olişda yordam berişni taklif qildi.

