Asosiy ma’lumotlar

  • Qişda xalqaro parvozlar uçun eng arzon kunlar — 4-dekabr va 18-fevral, eng qimmatlari — 16 va 19-dekabr
  • Mehmonxonalarda eng arzon joylaşiş 7 va 13-yanvarda, eng qimmati — 26-dekabr va 13-fevral
  • Aeroportlarda eng ğovli kunlar — 18 va 19-dekabr; eng yaxşi yönalişlar röyxatini Parij, Nyu-York va Amsterdam boşlab berdi

Ma'lumotlar iyul–oktabr qidiruv sörovlariga asoslangan

Onlayn bron qiliş xizmati Expedia «Winter Travel Outlook» nomli tadqiqotni e'lon qildi. Unda 2026-yilning iyuldan oktabrgaça bölgan davridagi parvoz va turar joy böyiça qidiruv sörovlari 2025-yilning şu davri bilan soliştirildi. Maqsad — qiş safarlari uçun eng arzon va eng qimmat sanalarni, şuningdek aeroport va mehmonxonalarning eng ğovli kunlarini aniqlaş edi.

Qaçon uçiş va bron qiliş arzonroq

Expedia ma'lumotlariga köra, bu qişda xalqaro parvozlar uçun eng qulay kunlar — 4-dekabr va 18-fevral. Parvozlar uçun eng qimmat kunlar 16 va 19-dekabr böldi, ayni paytda 18 va 19-dekabr aeroportlarda eng ğovli kunlar bölib qoladi. Turar joyda ham foyda sanaga boğliq: mehmonxonalarda eng arzon joylaşiş kunlari 7 va 13-yanvar, eng qimmati esa 26-dekabr va 13-fevral. Xalqaro mehmonxonalar uçun eng töla kunlar — 4 va 27-dekabr. Expedia mutaxassisi Melani Fiş Rojdestvo va Yangi yil atrofidagi davr an'anaviy ravişda eng ğovli davrlardan biri ekanligini qayd etib, sanalari erkin bölgan sayohatçilar uçun dekabr boşida yoki fevralda qilinadigan safar parvozlarda sezilarli tejamkorlik berişi mumkinligini ta'kidladi.

Qişda qayerga boradilar

Qidiruv sörovlarining yillik ösişi böyiça Parij, Nyu-York va Amsterdam yetakçilik qildi, beşlikni Bangkok va Tenerife yakunladi; top-10 ga Dubay, Tokio, Kanar orollari, Barbados va Praga ham kirdi. Trenddagi yönalişlar röyxatida birinçi örinni sörovlari 115 foizga ösgan Bagamadagi Ekzuma egalladi. Undan keyin sovuq yönalişlar keladi: Kanadaning Kvebeki (+75%), Şvetsiyaning Malmyo şahri (+45%), issiq buloqlari bilan maşhur Yaponiyaning Hakone hududi (+40%) hamda Karib dengizidagi Kyurasao (+40%). Qiş quyoşini yaxşi köruvçilar uçun Expedia Vyetnamdagi Fukuokni, Martinikani (ikkalasi ham +30%) hamda Yamaykadagi Oço Riosni (+20%) ataydi. Sovuq mavsum tarafdorlari uçun tadqiqotçilar Polşadagi Zakopanega (+20%) hamda Rojdestvo yarmarkalari bilan maşhur Turin (+20%) böylab qiziqişning ösganini qayd etadi. «Karib quyoşidan tortib Polşa va Şvetsiyadagi Rojdestvo yarmarkalarigaça — odamlar mavsumni şunçaki ötkazib yuboriş emas, balki undan bahramand bölişga yordam beradigan safarlarni tanlayapti», — dedi Fiş.

Polşadagi Zakopane sehrli festival tanaffusi uçun ajoyib joy
Polşadagi Zakopane sehrli festival tanaffusi uçun ajoyib joy Miçał Lis/Unsplaş