Asosiy ma’lumotlar
- Migratsiya masalalari agentligi Şvetsiyadagi xizmat safari çogida latviyalik BRIGG kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
- Şvetsiyada metall saralovçilar, yuk kotaruvçi va ekskavator operatorlari, yuk maşinalari va avtobus mexaniklari, işlab çiqariş va metallga işlov beriş işçilariga ehtiyoj baland
- Latviyada payvandçilar, mexaniklar va texnik mutaxassislarga talab yuqori
Latviyalik BRIGG kompaniyasi bilan memorandum
Migratsiya masalalari agentligi delegatsiyasi Şvetsiyadagi xizmat safari davomida latviyalik BRIGG kompaniyasi bilan hamkorlik toğrisida memorandum imzoladi. Kompaniya Şvetsiya va Boltiqboyi mamlakatlari korxonalariga mutaxassislar tanlab beriş bilan şugullanadi.
Qanday mutaxassislar kerak
Kelişuvga kora, Şvetsiyada metall saralovçilar, yuk kotaruvçi va ekskavator operatorlari, yuk maşinalari va avtobuslar mexaniklari, şuningdek, işlab çiqariş sohasi va metallga işlov beriş işçilariga ehtiyoj mavjud. Latviyada esa öz navbatida payvandçilar, mexaniklar va texnik yonalişdagi mutaxassislarga talab yuqori.
Kelişuv nimani nazarda tutadi
Memorandum doirasida iş beruvçilar talablariga mos keladigan nomzodlarni tanlaş, zarur bölganda ularning kasbiy va til tayyorgarligi, şuningdek, qonuniy bandlik mexanizmlarini işlab çiqiş nazarda tutilgan. Dastlab bandlik tartibi kiçik guruhda sinab koriladi; ijobiy natijalarga erişilganda hamkorlik doirasi bosqiçma-bosqiç kengaytirilişi rejalaştirilgan.

