Asosiy ma’lumotlar
- 2027-yilgi mukofotga 90 dan ortiq davlatdan 380 nomzodlik; birinçi marta 21 davlat ariza topşirdi
- Ğoliblarga 1 million dollar beriladi; e'lon fevralda Abu-Dabida bö'ladi
- 2026-yilgi hakamlar hay'atida Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva işlagan
Nomzodlar soni böyiça rekord qamrov
2027-yilgi Zayed Award for Human Fraternity mukofotiga 90 dan ortiq davlatdan 380 nomzodlik arizasi kelib tuşdi, deb xabar qildi Abu-Dabi amirligi matbuot xizmati. Arizalarni qabul qiliş muddati oktyabrda tugagan. 21 davlat, jumladan Efiopiya, Germaniya va Niderlandiya birinçi marta nomzod körsatdi; eng köp arizalar BAA, Braziliya, AQŞ, Misr va Hindistondan kelgan.
Ğoliblarni kim tanlaydi
Arizalarni The National ma'lumotiga köra tarkibida Portugaliyaning sobiq prezidenti Marselu Rebelu de Sousa, BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissari va Iroqning sobiq prezidenti Barham Salih, Livaning birinçi xonimi Nahmat Aun, Qozoğiston Senatining sobiq raisi Maulen Aşimbayev va kardinal Gianfranco Ravasi kiradigan hakamlar hay'ati körib çiqadi. Ğoliblar fevral oyida Abu-Dabida bölib ötadigan marosimda e'lon qilinadi; mukofot miqdori 1 million dollar.
Ötgan yilgi hakamlar hay'atida Özbekiston
Mukofot 2019-yilda Papa Fransiskning BAAga taşrifidan söng ta'sis etilgan va BAA asosçisi şayx Zayed bin Sulton Ol Nahayon şarafiga nomlangan. 2019-yildan buyon mukofotni söğliqni saqlaş, ta'lim, barqaror rivojlaniş, qoçqinlarni qöllab-quvvatlaş, jamoalarni rivojlantiriş, öziq-ovqat yordami hamda yoşlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytiriş sohalaridagi hissalari uçun 20 davlatdan 20 laureat olgan. 2026-yilgi laureatlar — Falastin notijorat taşkiloti, Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi tinçlik kelişuvi me'morlari hamda afğon qizlarining ta'lim himoyaçisi Zarka Yaftali — mustaqil qömita tomonidan tanlangan; bu qömita tarkibida, boşqalar qatorida, Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham bölgan. Ular 4-fevral kuni, BMT e'lon qilgan Xalqaro insoniy birodarlik kuni munosabati bilan Abu-Dabidagi Asosçilar yodgorligi yonida mukofotlandi.


