Asosiy ma’lumotlar
- 1-dekabrgaça idoralarga 20 yönalişning 23:00 gaça işlaşini uzaytirişni körib çiqiş topşirildi
- Keçki va tunği vaqtda qatnov oraliği 15–20 daqiqadan oşmasliği kerak
- Qatnovlar jadvalini bekatlarda va raqamli ilovalarda e'lon qiliş topşirildi
III çorak yakunlari böyiça qaror
Toşkent xalq deputatlari kengaşi qaror qabul qildi 2026-yil III çoragi yakunlari böyiça jamoat transporti faoliyatini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida. Mas'ul idoralarga 1-dekabrgaça mavjud imkoniyatlar doirasida 20 yönalişda avtobuslar qatnovini 21:00 dan 23:00 gaça taşkil etiş imkoniyatini körib çiqiş topşirildi. Hujjat e-qaror.gov.uz portalida e'lon qilingan.
Özğariş qaysi yönalişlarga tegişli böladi
Röyxatga temir yöl va avtobus vokzallari, aeroport, metro bekatlari hamda ziç joylaşgan turar-joy massivlarini boğlovçi 15 mağistral ve beş qöşimça yönaliş kiritildi. UzNews.uz ma'lumotlariga köra, ular orasida №1 (Qorakamiş-2/4 massivi — «Mustaqillik maydoni» metro bekati), №14 (TTZ avtovokzali — Şimoliy vokzal), №24 (Yangi Çoştepa massivi — Toşkent vokzali), №67 (Xalqaro aeroport — Yunusobodning 19-kvartali), №93 (Quyliq-1 massivi — Yunusobodning 13-kvartali), №115 (Döstlik-2 massivi — «Beruniy» metro bekati) va №147 («Çinni» bozori — «Çorsu» savdo markazi) yönalişlari bor. Töliq röyxatga, şuningdek, №18, 21, 28, 38, 44, 46, 51, 58, 72, 85, 98, 118 va 131 yönalişlar ham kiradi.
Qatnov oraliği va nazoratga qöyilğan talablar
Qarorda keçki va tunği vaqtda avtobuslar qatnov oraliği 15–20 daqiqadan oşmasliği belgilangan. Bunday qatnovlar jadvali barça bekatlarda va raqamli ilovalarda e'lon qilinişi, uning bajarilişi dispetçerlik xizmati orqali nazorat qilinişi topşirildi.
Qarorning asoslanşişi
Hujjatda 21:00 dan keyin jamoat transporti qatnovlari keskin kamayib qolişi yoki butunlay töxtaşi qayd etilğan. Qaror mualliflari baholaşiça, bu poytaxtning keçki va tunği iqtisodiy faoliyatiga tösiq yaratadi. Hozirça söz uzaytiriş imkoniyatini körib çiqiş haqida bormoqda: qarorda yakuniy qaror va keçki qatnovlarning aniq işğa tuşiriliş muddatlari körsatilmagan, idoralarga 1-dekabrgaça natijalar haqida hisobot beriş kerak böladi.



