Asosiy ma’lumotlar
- New Murabba’ga 2024-yil yanvaridan beri rahbarlik qilgan Maykl Dayk örniga Sabah Barakat tayinlandi.
- Reuters ma’lumotlariga köra, yanvarda «Mukaab»dagi işlar töxtatilgan edi; mayda kompaniya 15 mln kub metr grunt qazilgani va 1200 şveller örnatilgani haqida xabar berdi.
- 200 örinli, taxminan 1 mlrd Saudiya rioli investitsiyali kasalxon quriş rejalaştirilmoqda.
New Murabba rahbariyati almaşdi
Riyodda 400 metrli «Mukaab» kubi loyihasini amalga oşirayotgan New Murabba kompaniyasi rahbariyati almaşgani haqida avgust oxirida Financial Times xabar bergan edi. Hozirda kompaniyaning rasmiy saytida rahbar sifatida Sabah Barakat körsatilgan. U 2024-yil yanvaridan beri New Murabba’ga rahbarlik qilgan Maykl Dayk örnini egalladi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, Barakat köçmas mulk va yirik şaharsozlik loyihalarida 35 yildan ortiq tajribaga ega. U Saudiya Arabistonining Davlat investitsiya jamğarmasida rahbariyat lavozimini egallaydi, ilgari ROŞN kompaniyasini vaqtinça boşqargan hamda New Murabba’ning taşkil etiliş bosqiçida ham unga rahbarlik qilgan.
Quriliş jarayoni va uning töxtatilişi
Yanvarda Reuters manbalarga tayanib, «Mukaab»da yer işlaridan va şveller örnatişdan taşqari barça işlar töxtatilgani haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga köra, hukumat loyihani moliyalaştiriş va amalga oşiriş imkoniyatini baholamoqda, şu bilan birga atrofdagi hududni rivojlantiriş davom etişi kutilgan edi. May oyida kompaniya taxminan 15 mln kub metr grunt qazilgani va 1200 şveller örnatilgani haqida xabar berdi. Bu natijalar poydevorga tayyorgarlikka tegişli bölib, binoning yer usti qismi qaçon qurilişi yoki majmua qaçon oçilişini aniqlaştirmaydi.
Loyiha joriy taqdimotda
New Murabba’ning amaldagi taqdimotida «Mukaab» hanuzgaça savdo maydonlari, mehmonxonalar, turar joylar, panoramali sayr maydonçalari va madaniy obyektlar joylaştirilişi rejalaştirilgan 400 metrli arxitektura obyekti sifatida taqdim etilmoqda. Tarqatilayotgan tasvirlar — tayyor binoning fotosuratlari emas, balki kelajakdagi majmuaning kompyuterda yaratilgan körinişlari.
Almana Medical Group bilan kelişuv
Loyihaning yangi bosqiçidagi amaliy kelişuvlardan biri Almana Medical Group bilan hamkorlik böldi. 25-avgust kuni e’lon qilingan xabarga köra, New Murabba hududida umumiy profilga ega kasalxonga taxminan 1 mlrd Saudiya rioli investitsiya kiritilişi rejalaştirilgan. Tibbiyot muassasasiga şahzoda Turki ibn Abdulaziz al-Avval yöli yaqinida 16 ming kv.m dan ortiq yer ajratilişi közda tutilgan. Kasalxona 200 öringa möljallangan; unda tez yordam, travmatologiya, oilaviy tibbiyot, pediatriya, neonatologiya, ortopediya, kardiologiya va asab tizimi kasalliklari xizmatlari taşkil etilişi kutilmoqda. «Bu investitsiya hamkorligi — kelgusi oylarda e’lon qilişni rejalaştirayotgan köplab kelişuvlarimizning birinçisi», — dedi Sabah Barakat.



