Medvedev Shanxay turnirining yarim finaliga chiqdi va 20 yoshli Xodar bilan uchrashadi
Daniil Medvedev Tommi Paulni 6-3, 1-6, 6-3 hisobida mag‘lub etib, Shanxay Masters turnirining yarim finaliga chiqdi. Uning raqibi 2009-yildan buyon turnirning eng yosh yarim finalchisi bo‘lgan 20 yoshli ispaniyalik Rafael Xodar bo‘ladi, u Kasper Ruudni yengdi. Ikkinchi yarim finalda Aleksandr Zverev va Aleksandr Davidovich Fokina o‘ynaydi.
Bekzod Nazarov