Peterburgda Predportovoyadan KADga chiqish yopildi, halqadagi tirbandlik 6,5 kmga yetdi
Peterburgning janubida Predportovoyadan KADga chiqish vaqtincha cheklandi. «Fontanka SPB Online» ma’lumotlariga ko‘ra, halqaning ichki tomonida Moskva shossesidan Dachnyy prospektigacha 6,5 kmlik tirbandlik hosil bo‘ldi. Onlayn xaritalarga ko‘ra, bu uchastkadan o‘tish odatdagi to‘rt daqiqa o‘rniga deyarli ikki soat vaqt oladi. Shuningdek, ZSDda deyarli 3 kmlik tirbandlik haqida xabar berilmoqda.
Javlon Tursunov