Fransiyadagi tartibsizliklardan sug'urtachilarning zarari €1 mlrd dan oshishi mumkin
Morningstar DBRS tahlilchilarining baholashicha, o'tgan hafta oxiri Fransiyadagi ommaviy tartibsizliklar tufayli sug'urta zararlari €1,2 mlrd ga yetishi mumkin. Brokerlar ham €1 mlrd dan oshish ehtimolini aytmoqda. Savdo vaziri Serge Papen kamida 3000 korxona, jumladan Louis Vuitton va Kenzo do'konlari zarar ko'rganini ma'lum qildi.
Sevara Azamova