Zaporijjya viloyatidan bo‘lgan ikki ayol politsiyachilarga qarshi terror akti tayyorlagani uchun 16 va 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Janubiy okrug harbiy sudi Natalya Tseluykoni 16 yil koloniya va 500 ming rubl jarimaga, Muira Zdorni esa 8 yil va 300 ming rubl jarimaga hukm qildi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Tseluyko ukrain razvedkasi topshirig‘i bilan rossiya harbiylari haqida ma’lumot to‘plagan va politsiyachilarga qarshi terror akti uyushtirishga rozi bo‘lib, bunga Zdorni jalb qilgan. Ayollar 2024-yil 5-iyunda yashirin joydan portlash qurilmalari komponentlari olib chiqilgandan so‘ng qo‘lga olingan.
Javlon Tursunov