BMW i3 50L Xitoyda yurish masofasi sinovida quvvat olmasdan 1213 km yurdi
Yangi BMW i3 50L elektr sedani Xitoydagi chidamlilik sinovlarida bir marta ham quvvat olmasdan 1213 km masofani bosib o‘tdi va manzilga akkumulator quvvatining 1 foizi qolganda yetib keldi. O‘rtacha energiya sarfi 100 km ga 8,8 kVt·soatni tashkil etdi. Avtomobil 113,4 kVt·soat sig‘imli batareya va 800 voltli arxitekturaga ega Neue Klasse platformasida qurilgan. Seriyali ishlab chiqarish va modelni Xitoy bozoriga chiqarish 2026-yilning to‘rtinchi choragiga rejalashtirilgan.
Sardor Qodirov