Yuridik AI-startap Legora $550 mln jalb qildi, kompaniya qiymati $8,8 mlrd deb baholandi
Legora $8,8 mlrd baholash bilan $550 mlnlik E raundini e'lon qildi. Kompaniyaning yillik muntazam daromadi apreldagi $100 mln dan $200 mln dan oshdi. Raundga Atreides Management rahbarlik qildi; mablag‘lar Shimoliy Amerikadagi kengayishga sarflanadi. Bir oy oldin raqobatchi Harvey xuddi shuncha mablag‘ni $15,5 mlrd baholash bilan jalb qilgandi.
Sevara Azamova