AQShda O‘zbekiston fuqarosi 12 million dollardan ortiq yuk o‘g‘irlash ishi bo‘yicha sudlanmoqda
AQShda yashovchi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 33 yoshli erkak avtomobil transportida tashilgan yuklarni o‘g‘irlash maqsadida til biriktirishda ayblanmoqda. AQShning Konnektikut okrugi bo‘yicha prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, zarar 12 million dollardan oshadi va sxema kamida 24 jo‘natmani qamrab olgan. 21-oktyabr u Bridgeportdagi federal suda aybini tan olmadi va qamoqda saqlanmoqda.
Aziz Karimov