«Moskva-11» teploxodi 90 yo‘lovchi bilan Yakutiyada sayozga otirib qoldi
«Lenatrans» kompaniyasiga qarashli «Moskva-11» yo‘lovchi teploxodi 21-oktyabrda Yakutiyada, Yakutsk shahridan Namiv stansiyasi orqali Nijniy Bestyaxga ketayotib, qirg‘oqdan taxminan 700 metr masofada sayozga otirib qoldi. Kema bortida 90 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bor edi, hech kim jabrlanmadi. Transport prokuraturasi va Tergov qo‘mitasi tekshiruvlari boshlandi.
Sevara Azamova