Toshkent metropoliteni «Paxtakor» bekatidagi yo‘lovchilar to‘planishini izohladi
«Toshkent metropoliteni» AJ ijtimoiy tarmoqlarda 20-oktyabr soat 17:43 atrofida «Paxtakor» bekatidagi yo‘lovchilar to‘planishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Sabab sifatida pik soatlarda ikki poyezdning bir vaqtda kelishi nomlandi. Kunlik yo‘lovchi oqimi 1,2 million kishidan oshgani sababli metropoliten barcha yo‘nalishlarda poyezdlar harakat oralig‘ini qisqartirmoqda.
Javlon Tursunov