Qashqadaryolik 3 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosiga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun hukm qilindi
Yakkabog‘ tuman sudi jinoiy ishlar bo‘yicha 28 yoshli qashqadaryolikni Kursk viloyatida Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgani uchun yollanmachilikda aybli deb topdi. Erkak 2024-yilda giyohvandlik uchun 9 yillik muddatni o‘tayotib RF Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan va 2025-yil fevralida yaralangan holda O‘zbekistonga qaytgan.
Aziz Karimov