Saxalinda 2027-yildan boshlab ikkinchi ota-ona ishtirokisiz bolani tarbiyalayotgan ayollarga to‘lov joriy etish rejalashtirilmoqda
Saxalin viloyati gubernatori Valeriy Limarenko «Baxtli onalik» harakati doirasidagi yangi ko‘mak chorasini ma’lum qildi: 2027-yildan boshlab ikkinchi ota-ona ishtirokisiz bola tarbiyalashga tayyorlanayotgan kelajakdagi onalar har oy bola uch yoshga to‘lgunga qadar to‘lov oladi. Taxminiy holda nafaqa viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqining 25 foizini tashkil etadi.
Sevara Azamova