Toshkentda Farg‘ona yo‘lida ajratilgan yo‘laklarni nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatildi
Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YoHTM) Farg‘ona yo‘li ko‘chasida jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarga kameralar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Kameralar bilan ikkala yo‘nalishda 6 km uzunlikdagi uchastka jihozlangan; qoidabuzarliklar soat 6:00 dan 23:00 gacha qayd etiladi. Kameralar bosqichma-bosqich shaharning boshqa ko‘chalarida ham paydo bo‘ladi.
Sevara Azamova