OpenAI ChatGPT’ga PIN-kod va biometriyali yashirin chatlar funksiyasini qo‘shdi
OpenAI ChatGPT’da «yashirin chatlar» funksiyasini taqdim etdi: yozishmalar tarix va qidiruvdan yo‘qoladi va to‘rt xonali PIN-kod yoki biometriya orqali ochiladi. Funksiya veb-versiya hamda iOS, Android, macOS va Windows ilovalarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Kompaniya bu uchdan-uchga shifrlash emasligini ta’kidlaydi: yozishmalarni saqlash muddati va ma’lumotlardan modellarni o‘qitishda foydalanish o‘zgarmaydi, PIN-kodni tiklasa yashirin chatlar butunlay o‘chib ketadi.
Javlon Tursunov