Davlat maktablari va tibbiyot muassasalari boğlarini privatizatsiya qilişni taqiqlaş taklif etildi
Özbekistonda davlat ta’lim va tibbiyot taşkilotlari balansida turuvçi boğlar va yer uçastkalarini privatizatsiya qilişni taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu vazifa 11-noyabrda prezident farmoni bilan tasdiqlangan inson qadr-qimmatini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturiga kiritilgan. Qonun loyihasini işlab çiqiş 2027-yil 20-yanvargaça topşirilişi kerak.
Aziz Karimov