Davlat Dumasi sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan kasalxonada ota-onalarning bepul bo‘lishi haqidagi qonun loyihasini kiritdi
«Yangi odamlar» fraksiyasi deputatlari 20-oktabr Davlat Dumasiga sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan statsionarda bo‘lgan ota-onalarga bepul yotoq joyi va ovqat berishni taklif qiluvchi qonun loyihasini kiritdi. Hozirda bunday kafolatlar to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamrohlik qiluvchilar uchun amal qiladi. Tashabbusning taxminiy qiymati — 2027–2029-yillar uchun federal byudjetdan yiliga 9,2 dan 13,1 mlrd rublgacha.
Sevara Azamova
