XChDX davlatlari harbiy hamkorlikni mustahkamlash uchun Ar-Riyodda navbatdan tashqari uchrashuv o‘tkazdi
XChDX a’zolarining qurolli kuchlari operatsiyalari va tayyorgarligi qo‘mitasi Ar-Riyodda navbatdan tashqari uchrashuv o‘tkazdi. Qo‘shma harbiy hamkorlikni mustahkamlash, muvofiqlashtirish mexanizmlari va jangovar tayyorgarlikni oshirish muhokama qilindi. Uchrashuv yamanlik husylarning Saudiya Arabistoniga hujumlarining kuchayishi fonida bo‘lib o‘tdi, biroq BAA Mudofaa vazirligi bayonotida ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olinmagan.
Sevara Azamova