Amerikalik Wosune International Qashqadaryodagi sabzavotlarni qayta ishlashga kiritiladigan investitsiyalarni 50 mln dollargacha yetkazishni rejalashtirmoqda
Wosune International kompaniyasi «Qashqadaryo» EErZdagi Wosune Food Ingredients Karshi zavodini kengaytirishni maqsad qilgan: investitsiyalar ikki bosqichda 8,5 mln dollardan 50 mln dollargacha oshadi. Korxona sabzavot va ko‘katlarni quritib eksport qiladi, jumladan Nestlé va Marsga yetkazib beradi. Prezident Mirziyoyev eksport uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga 30 ming gektar yer ajratish masalasini o‘rganishni topshirdi.
Sevara Azamova