OpenAI'ning sobiq ilmiy yo‘nalish rahbari Kevin Weil robotlar yordamida laboratoriyalarni avtomatlashtiruvchi Warp Sciences startapini ishga tushirdi
OpenAI'da ilmiy yo‘nalishga rahbarlik qilgan Kevin Weil dori-darmon ishlab chiqish uchun robotlarga birikmalarni sintez qilish va sinashni o‘rgatuvchi Warp Sciences startapini ishga tushirganini e’lon qildi. Kompaniya $865 million baholash bilan $215 million jalb qildi; raundni Lightspeed boshqardi, IVP, Premji Invest va Lux Capital ham qatnashdi. Maqsad — biotexnologiya kompaniyalari odatda Xitoydagi pudratchilarga topshiradigan laboratoriya ishini AQShga qaytarish.
Javlon Tursunov