Ilon Mask Skydance’ga taxminan $1 mlrd sarmoya kiritdi — Semafor
Semafor ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask Skydance media kompaniyasiga taxminan $1 mlrd sarmoya kiritdi. Bu Paramount’ning Warner Bros. Discovery’ni $110 mlrdga yutib olish bitimi yopilganidan bir necha hafta o‘tgach sodir bo‘ldi. Sarmoya boshqa aksionerlar, jumladan Lorin Pauell Jobsning hissa kiritishlari bilan bir vaqtda amalga oshdi.
Javlon Tursunov