Saudiya Arabistoni elektr va suv tariflari oshishidan oldin qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy qilmoqda
Saudiya Arabistoni hokimiyati 1-yanvarga rejalashtirilgan elektr va suv tariflari o‘zgarishidan oldin aholini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘plamini e’lon qildi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning taklifi bilan qirol Salmon davlat xizmatchilariga, harbiylarga, nafaqaxo‘rlarga va ijtimoiy yordam oluvchilarning bir qismiga oyiga 500 riyal to‘lashni buyurdi. Shuningdek, xususiy sektorda saudiyaliklar uchun minimal ish haqi talablari oshirilmoqda.
Aziz Karimov

