Smolensk viloyatida uchuvchisiz uchoqlar hujumi xavfi e’lon qilindi
Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxin Telegram-kanalida viloyatda uchuvchisiz uchoqlar hujumi xavfi e’lon qilingani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hududda dronlar hujumini qaytarayotgan havo mudofaasi tizimlari ishlayapti. Aholiga tinchlikni saqlash, oynalarga yondashmaslik va havo mudofaasi kuchlarining harakatlarini suratga olmaslik tavsiya qilindi, zarur bo‘lganda 112 raqamiga murojaat qilish so‘raldi.
Javlon Tursunov