NBA draftining birinchi raqami Dibantsa to‘pig‘idagi jarohat tufayli debyut o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Bu yilgi NBA draftida umumiy birinchi raqam bilan tanlangan EJ Dibantsa chap to‘pig‘ining cho‘zilishi sababli «Vashington»ning «Miluoki»ga qarshi mavsum ochilish o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bosh murabbiy Brayn Kif o‘yinchini «day-to-day» deb atadi; debyut qilishning eng yaqin imkoniyati — juma kuni «Toronto»ga qarshi o‘yin.
Sevara Azamova