Uztelecom tarmoq modernizatsiyasining 90% bajarilganini ma’lum qildi
Uztelecom ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoq modernizatsiyasi dasturining taxminan 90% bajarilgan: bir yil ichida 1931 obyekt yangilandi, 280 dan ortiq yangi bazaviy stansiyalar ishga tushirildi, keng polosalı tarmoq sig‘imi 763 ming abonent portidan ortiqqa kengaytirildi. 2026-yil boshidan 4G trafigi 32% ga, 5G trafigi ikki barobar oshdi. Dastur 2022–2026 va 2025–2030-yillardagi ikki yirik tashabbusga kiradi va «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi bilan bog‘liq.
Sevara Azamova