Aston Villa Manzambli goli hisobiga Nyukaslni mag‘lub etdi va Emari uchun APLdagi 100-g‘alaba bo‘ldi
Aston Villa Angliya Premer-ligasining 7-turida Nyukasl Yunaytedni mehmonda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni 36-daqiqada Yoxan Manzambli bosh bilan kiritdi. Bu g‘alaba bosh murabbiy Unai Emari uchun APLdagi 100-g‘alaba bo‘ldi, Villa esa 1957/58-yilgi mavsumdan buyon birinchi marta Sent-Jeyms Parkda ketma-ket ikki g‘alaba qozondi.
Bekzod Nazarov