Samarqand va Namanganda Umraga yuborish va’disi bilan pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand va Namangan viloyatlarida Umr ziyoratiga yuborishni va’d qilib pul talab qilgan, vakolati bo‘lmagan shaxslar bilan bog‘liq ikki holat haqida xabar berdi. Samarqandda 3 450 dollar, Namangan viloyatida 1 350 dollar talab qilingan. Har ikkala shaxs pulni olayotgan paytda ushlandi.
Javlon Tursunov