Ukrainada mobilizatsiyadan taxminan 1,5 mln kishi bron qilingan — «bronni bekor qilish» rejasi hozircha tasdiqlanmagan
«Obozrevatel» nashri Vazirlar Mahkamasidagi manbaga tayanib, mobilizatsiyadan taxminan 1,5 mln kishining bron qilingani, biroq ulardan 300–400 ming nafaridan bronni olish bo‘yicha aniq reja yo‘qligini xabar qilmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligi qoidalarni qayta ko‘rib chiqishni armiyada odam yetishmasligi bilan bog‘laydi. 13-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi bron qilish qoidalarini qat‘iylashtirishni ma’qulladi.
Javlon Tursunov















