Toshkentda qurilayotgan uychida uglerod oksidi bilan zaharlanish oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
25-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish va ta’mir ishlari olib borilayotgan xususiy uychida olti kishi uglerod oksidi bilan zaharlanib vafot etdi, ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Bosh prokuratura uyning podvalidagi qozon xavfsizlik talablariga mos kelmasligini, gaz tarmog‘iga ulanish esa texnik shartlarsiz bajarilganini ma’lum qildi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Aziz Karimov
