Moskvadagi Tverskaya ko‘chasidagi kafeda mushtlashuv paytida bir erkak raqibining burun uchini tishlab uzib oldi
Tun davomida Moskvadagi Tverskaya ko‘chasidagi kafeda ikki mehmon o‘rtasida janjal kelib chiqdi va u mushtlashuvga aylandi. Erkaklardan biri raqibining yuzini tishlab, burun uchini uzib oldi. Jabrlanuvchi Aleksey G. kasabxonaga yotqizildi, hujum qilgan shaxsni politsiya qo‘lga oldi. Mojaroning sababi va mumkin bo‘lgan ayblar hozircha noma’lum.
Sevara Azamova