Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga Turk davlatlari tashkiloti sammitida qatnashish uchun boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29–30-oktyabrda Rajab Toyyib Erdog‘onning taklifiga binoan Turkiyaga ishchi tashrif bilan boradi. Tashrifning asosiy maqsadi — Anqarada o‘tadigan Turk davlatlari tashkiloti sammitida qatnashish bo‘lib, unda iqtisodiyot, logistika, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Uchrashuv yakunida Anqara deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Javlon Tursunov
