Pretoriya yaqin atrofidagi aholiga ichak kasalliklari avj olishi tufayli kran suvini ichish taqiqlandi
Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Pretoriyani ham o‘z ichiga olgan Tshvane munitsipaliteti 400 dan ortiq odam tibbiy yordamga murojaat qilgandan so‘ng, bir qancha tumanlar aholisini suv quvuridagi suv xavfi haqida ogohlantirdi. Suvda ichak tayoqchasi (E. coli) aniqlandi, bemorlarda norovirus, kampilobakter va shigella bor. Sabab Bronkxortspryut suv tozalash stansiyasidagi nosozliklar bo‘lib, stansiya uch hafta davomida xlorlashtirilsiz ishlagan.
Javlon Tursunov