Troya seksizm ayblovlari fonida sport direktori Blancharni ishdan bo‘shatdi
Fransiyaning «Troya» klubi sport direktori Jocelyn Blancharni «darhol kuchga kirish bilan» lavozimidan bo‘shatdi. Qaror 54 yoshli sobiq futbolchiga qarshi prokuratura sud tekshiruvi boshlagani haqidagi maqola chop etilganidan bir necha soat o‘tgach keldi. L'Est Eclair ma’lumotlariga ko‘ra, avval klubning bir necha xodimasi uning nojo‘ya xulq-atvori va seksistik bayonotlari ustidan shikoyat qilgan; ichki tekshiruvni City Football Group olib bormoqda.
Bekzod Nazarov